Bugun ertalab soat 08:05da “Qamchiq" dovonidan o‘tgan A-373, “Toshkent-O‘sh" avtomagistralining 206.5 km.da yana bir ko‘ngilsiz avtohalokat yuzaga keldi.
Bunda, haydovchi harakat chog‘ida butunlay xushyorlikni yo‘qotgan. Oqibatda avtomashina ariqqa ag‘darilib ketgan. Hayriyatki, avomashina ichidagi fuqarolar omon qolishgan.
Ziyon yetgan avtomobilga yordam ko‘rsatish uchun “Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va Yo‘l patrul xizmati, yo‘l bo‘limi xodimlari yetib kelib, ariq ichidan mashinani chiqarib olishda amaliy yordam ko‘rsatishgan.