Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Yana bir sobiq prezident hibsga olindi

Yana bir sobiq prezident hibsga olindi

Peru sudi mamlakatning sobiq prezidenti Martin Viskarrani pora olish ayblovi bo‘yicha 5 oyga qamoqqa olishga hukm qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudya Xorxe Chaves 13 avgust kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Viskarrani qochib ketish xavfi borligini aytib, hibsga olish qarorini chiqargan. U 11 yil avval Mokuegua okrugi gubernatori bo‘lib ishlaganida pora olganlikda ayblanmoqda.

Viskarra ayblovlarni rad etib, buni siyosiy ta’qib sifatida baholamoqda. U 2026 yilda prezidentlikka qayta nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotgan edi. Ayon bo‘lishicha, sud iyun oyida uni qamoqqa olish haqidagi birinchi so‘rovni rad etgan, biroq prokuratura bu qarorni apellyasiya qilib, qochib ketish xavfini qayd etgandi.

Viskarra so‘nggi yillarda korrupsiya va siyosiy inqirozlardan larzaga kelgan Peruda qamoqqa olingan beshinchi sobiq prezident bo‘lmoqda.

Kiritildi: 23:25 14.08.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!