Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yana bir prezident sudlanmoqda

Yana bir prezident sudlanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyanga katta miqdorda pora olish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyatida qatnashishda ayblov qo‘yildi. Jinoyat ishi sudga yuborildi.

Armaniston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Serj Sargsyan 2000-2018 yillarda mamlakat Mudofaa vaziri, Bosh vazir va prezident lavozimlarida ishlagan vaqtida o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib, ishonchli shaxslar orqali tadbirkorlik bilan shug‘ullangan bir qator tijorat tashkilotlarini tashkil etgan.

Dastlabki tergov davomida unga nisbatan katta miqdordagi pora olish va qonun bilan taqiqlangan noqonuniy tadbirkorlik faoliyatida qatnashish aybi rasman qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha tergov nihoyasiga yetdi, ish materiallari ayblov xulosasi bilan birga Armaniston korrupsiyaga qarshi sudiga yuborildi.

Kiritildi: 22:26 03.07.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!