«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning koronavirusga topshirgan testi musbat natijani berdi. “Bugun “Budyo / Glimt”ga qarshi o‘yin oldidan Ibragimovich sinovdan o‘tdi. Klub futbolchini uyda karantin ostiga olgani haqida tegishli idoralarni xabardor qildi, deyiladi xabarda.
A Seriya protokoliga ko‘ra, shvesiyalik 38 yoshli forvard alohida nazoratga olinadi. Zlatan jamoaning yaqin oradagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Avvalroq, Ibrahimovichning jamoadoshi Leonardo Duarteda ham COVID-19 infeksiyasi aniqlangan edi.