Mamlakat elchixonasi ko‘magida Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegasiyasining Budapesht shahriga amaliy tashrifi tashkil etildi.
O‘zbekiston delegasiyasi tashrif davomida Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Agnes Kertes, Ichki ishlar vazirligi davlat kotibi Zoltan Bolchik, Chet elliklar bo‘yicha milliy polisiya boshqarmasi bosh direktori Shandor Gyombosh, Milliy iqtisodiyot vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari Silvia Baloch hamda bir qator rekruting kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Vengriya tomoni migrasiya va mobillik sohasida keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqishdan manfaatdorligini tasdiqladi.
Tomonlar, mehnat migrantlari uchun viza berish tartibini soddalashtirish istiqbollarini birgalikda o‘rganishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston delegasiyasi safar davomida, shuningdek, Vengriyadagi yurtdoshlar bilan ham uchrashdi.