Afg‘onistonning Ummondagi elchixonasi qaytadan o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda seshanba kuni Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.
“Elchixona ishi odatdagidek Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi diplomatlari tomonidan olib borilmoqda”, dedi Afg‘oniston TIV matbuot kotibi Ziyo Ahmad Takal.
“Elchixona ishining mezbon davlat bilan kelishilgan holda tiklanishi Kobul va Maskat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va diniy aloqalarni mustahkamlashda konstruktiv rol o‘ynaydi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Qayd etilishicha, elchixonaning ochilishi "Tolibon" hukumati va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Ummon Tashqi ishlar vazirligi yoki mamlakat davlat matbuoti elchixona ochilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi.
O‘tgan oy BAAda Afg‘oniston diplomatik vakolatxonasi ochilgan edi.
Hozirda dunyo bo‘ylab 39 ta afg‘on diplomatik vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.