Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Yana bir davlatda kunlik rekord: Slovakiyada koronavirus bilan kasallanish o‘sdi

A A A
Yana bir davlatda kunlik rekord: Slovakiyada koronavirus bilan kasallanish o‘sdi

23 sentyabr kuni Slovakiyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etilgani xabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan sutka davomida 338 nafar odamning koronavirusga chalingani aniqlangan.

Slovakiya Yevropa qit’asida koronavirusdan eng kam o‘lim hollari qayd etilayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Lekin Evropaning boshqa mamlakatlari singari Slovakiyada ham bu oyda yangi kasallanish hollari keskin tarzda oshmoqda.

23 sentyabr holatiga ko‘ra, Slovakiyada 7269 kishi koronavirus bilan kasallandi va 41 kishi vafot etdi.

Kiritildi: 18:56 23.09.2020. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!