Yaponiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirus pandemiyasiga qanchalik darajada to‘g‘ri javob berganini tergov qilishga chaqirmoqda. Bu haqidagi tegishli taklif JSSTning 18 mayda boshlanadigan umumiy yig‘ilishida bildiriladi, deb xabar berdi The Mainichi nashri.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ta’kidlashicha, yig‘ilishda Yaponiya Yevropa ittifoqiga JSSTning pandemiyaga qanchalik to‘g‘ri munosabat bildirganining adolatli va mustaqil tergovi o‘tkazilishini taklif qiladi.
Ta’kidlanishicha, JSSTga nisbatan tergovni mustaqil organ olib borishi kerak.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp JSSTni Xitoyga yon bosishda hamda yomon boshqaruvda va koronavirus tarqalishi ko‘lami haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda ayblagandi.