Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 27.09.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan xususiy bank xodimi U.A. bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topib, kredit tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ishga tiklash ko‘rsatilgan edi.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochisi J.A’zamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochisi barcha ijro harakatlarini belgilangan tartibda olib borib Qonunning 72-moddasiga asosan amalga oshirdi hamda bankning buyrug‘iga asosan A.U. kredit tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ishga tiklandi.