Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yana 20 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz keladi

Yana 20 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz keladi

2020 yilning 1 yanvaridan yana 20 ta davlat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin bo‘ladi. Aksariyati Lotin Amerikasida joylashgan bu davlatlarning ro‘yhati Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13 avgustda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda ko‘rsatib o‘tilgan.

Endi O‘zbekiston o‘z viza rejimining liberalligi bo‘yicha sobiq SSSRda Gruziyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Shu bilan fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kelishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 85ga yetdi. Yana 77 davlat fuqarolari elektron viza olib kelishi mumkin. 101 davlat fuqarolari tranzit orqali O‘zbekistonda 5 kungacha qolishi mumkin.

Quyidagi davlatlarning fuqarolari O‘zbekistonga kelib-ketishi uchun 2020 yilning 1 martidan boshlab 30 kunga vizasiz tartib joriy etilmoqda:

  1. Antigua va Barbuda
  2. Barbados
  3. Beliz
  4. Grenada
  5. Dominikan Respublikasi
  6. Meksika Qo‘shma Shtatlari
  7. Gvatemala Respublikasi
  8. Gonduras Respublikasi
  9. Kosta-Rika Respublika
  10. Kuba Respublikasi
  11. Nikaragua Respublikasi
  12. Panama Respublikasi
  13. Trinidad va Tobago Respublikasi
  14. Salvador Respublikasi
  15. Sent-Vinsent va Grenadina
  16. Sent-Lyusiya
  17. Bagam orollari Ittifoqi
  18. Dominika Ittifoqi
  19. Sent-Kits va Nevis Federasiyasi
  20. Yamayka
Kiritildi: 18:25 13.08.2019. O'qildi: 2239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!