Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yana 172 yurtdoshimiz koronavirusga chalindi, sog‘ayganlar esa 49.800dan oshdi

Yana 172  yurtdoshimiz koronavirusga chalindi, sog‘ayganlar esa 49.800dan oshdi

🔺2020 yil 23 sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 447 (+172) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 124 nafari Toshkent viloyatida, 48 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 337 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 98 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 14 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 49 832 (+608) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 3 171 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:34 23.09.2020. O'qildi: 3422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!