Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yamandagi operasiya Eronga bosim strategiyasining boshlanishi

Yamandagi operasiya Eronga bosim strategiyasining boshlanishi

Yamandagi husiylarga qarshi operasiya Donald Tramp ma’muriyatining Eronga maksimal bosim o‘tkazish strategiyasining boshlanishi xolos.

Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bu kuchli signal va avvalgi ma’muriyat siyosatidan tubdan voz kechish. Husiylar va Eron bu faqat boshlanishi ekanligini tushunishlari kerak. Biz global savdoni sekinlashtiradigan va inflyasiya bosimini oshiradigan navigasiya erkinligini blokirovka qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Ikki hafta oldin Tramp Eronga qarshi maksimal bosim strategiyasini e’lon qildi, uning maqsadi Eron neft eksportini nolga tushirishdir", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh Qurolli kuchlariga Yamandagi husiylarga qarshi harbiy harakatlar boshlashni buyurgan edi. Uning ta’kidlashicha, harbiylar "hozirda" terrorchilar bazalari, ularning yetakchilari va raketaga qarshi mudofaa tizimlariga havo hujumlarini amalga oshirmoqda. Ushbu hujumlar natijasida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 101 kishi yaralandi.

Kiritildi: 21:01 16.03.2025. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!