Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yamanda migrantlar markazida yong‘in. Qurbonlar bor

Yamanda migrantlar markazida yong‘in. Qurbonlar bor

Yaman poytaxti Sanoda migrantlarni saqlash markazida yong‘in kelib chiqishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkilotining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha direktori Karmela Godo Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yong‘inning sababi hozircha ma’lum emas, qurbonlar soni esa ortishi mumkin. Hodisada 170 kishi jarohat olgan va ulardan 90 nafarining ahvoli og‘ir. 

Karmela Godo jarohat olganlarga Xalqaro migrasiya tashkiloti shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatayotganini bildirdi. “Ushbu hodisa migrantlar oxirgi olti yilda Yamandagi inqiroz natijasida to‘qnash kelayotgan xavflardan biridir. Barcha odamlar, xususan, immigrantlar ham himoya va xavfsizlik bilan ta’minlanishi zarur”, – dedi Xalqaro migrasiya tashkiloti vakili. 

Eslatib o‘tamiz, Yamanda 2014 yildan beri insyonchi husiylar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. 

Kiritildi: 09:11 09.03.2021. O'qildi: 1930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!