Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yamanda husiylarga qarshi umumiy safarbarlik e’lon qilindi

Yamanda husiylarga qarshi umumiy safarbarlik e’lon qilindi

Yaman Vakillar palatasi (parlament) onlayn majlisda Yaman Prezidentlik kengashi yetakchisi Rashad al-Alimiy tomonidan husiylarga qarshi kurashish uchun umumiy safarbarlik e’lon qilish bo‘yicha kiritilgan iltimosnomani ma’qulladi.

Qayd etilishicha, ushbu chora e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran kuchga kiradi va uni qabul qilishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilguniga qadar amal qiladi. Parlament bayonotiga ko‘ra, qaror umumiy safarbarlikni tartibga soluvchi Yaman Konstitusiyasining 37-moddasiga, shuningdek milliy mudofaa, favqulodda choralar va fuqaro muhofazasiga oid boshqa konstitusiyaviy va huquqiy qoidalarga asoslangan.

Shu bilan birga, parlament Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab davlatlari koalisiyasini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi hamda milliy birlikka hamda siyosiy kuchlar harakatlarini muvofiqlashtirishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, 2014 yilning sentyabr oyida isyonchi husiylar Yaman poytaxti Sana shahrini egallab olgan. Shundan so‘ng, mamlakatda ikkita hokimiyat markazi shakllandi: xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumat asosan mamlakat janubi va sharqini, husiylar esa poytaxt Sana hamda shimol va g‘arbning katta qismini nazorat qilmoqda.

Kiritildi: 19:20 29.09.2026. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!