Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yaman yaqinida halokatga uchragan kema 20 muhojirning hayotiga zomin bo‘ldi

A A A
Yaman yaqinida halokatga uchragan kema 20 muhojirning hayotiga zomin bo‘ldi

Arab dengizidagi Yamanning Abyan viloyati qirg‘oqlarida afrikalik muhojirlar bo‘lgan qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Yamandagi manbalariga tayanib, Xinhua agentligi xabar berdi.

"Yaman janubidagi Arab dengizidagi Abyan provinsiyasi qirg‘oqlarida 150 ga yaqin afrikalik muhojir bo‘lgan kontrabanda kemasi cho‘kib ketishi oqibatida 20 dan ortiq muhojir halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi”, — deyiladi xabarda.

Kemada Efiopiyadan kelgan muhojirlar borligi aniqlangan, ammo yakuniy manzil aniqlanmagan.

Kiritildi: 08:00 04.08.2025. O'qildi: 1121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!