Yaman hukumat kuchlari va Husiy Ansar Alloh jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda so‘nggi 24 soat ichida kamida 48 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Agence France-Presse (AFP) harbiy manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Hukumat manbalariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 17 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, Ansar Alloh 31 nafar jangchining o‘lganini xabar qildi.
Asosiy janglar Yaman janubidagi Lahj va Taiz viloyatlari chegarasida bo‘lib o‘tdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat kuchlari ilgari Husiylar tomonidan bosib olingan hududning yarmini qaytarib olgan.
Avvalroq, Husiylar Yamanning butun g‘arbiy qirg‘og‘ini nazoratga olgani va strategik jihatdan muhim Bob el-Mandeb bo‘g‘ozi ustidan nazoratni kengaytirgani haqida xabar berilgan edi.