Yaman husiylari Saudiya Arabistonidan 51 milliard dollar talab qildi
Yaman husiylari jangovar harakatlarni to‘xtatish evaziga Saudiya Arabistonidan 51 milliard dollar tovon puli va mamlakat hukmdorlari sifatida rasman tan olinishni talab qilgan.
Ular bu mablag‘ni Saudiya Arabistonining ko‘p yillik havo hujumlari va blokadasi uchun kompensasiya sifatida so‘ramoqda.
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon esa harbiy muvaffaqiyatlarga erishmasdan muzokara boshlashni istamayapti.