Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yaman husiylari Qizil dengizda bir hafta ichida ikkinchi kemani cho‘ktirdi

Yaman husiylari Qizil dengizda bir hafta ichida ikkinchi kemani cho‘ktirdi

Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo operasiyalari agentligi (UKMTO) ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni husiylar Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan va Gresiya kompaniyasi boshqaruvidagi Eternity C yuk kemasiga hujum qilishgan. Ular kemani granatomyotlardan o‘qqa tutishgan, natijada kema jiddiy zarar ko‘rgan va harakatdan to‘xtagan. Seshanba kuni hujum davom etgan, chorshanba tongida esa ekipaj a’zolarini qutqarish operasiyasi boshlangan.

Evropa Ittifoqining Qizil dengizdagi harbiy-dengiz missiyasi ekipaj va kemani qo‘riqlovchilardan 31 nafarini qutqarganini bildirdi. Missiya ikki kishi jarohatlanganini ma’lum qildi, ulardan biri Rossiya fuqarosi bo‘lib, u oyog‘idan ayrilgan.

Reuters axborot agentligi kemalar xavfsizligi sohasidagi manbasiga tayanib, to‘rt kishi halok bo‘lganini xabar qildi. Husiylarning o‘zlari ba’zi dengizchilarni “xavfsiz joyga” olib ketganliklarini ma’lum qilishgan. Husiylar, shuningdek, kemaning cho‘kishi aks etgan videoni e’lon qildi.

Qo‘shma Shtatlarning Yamandagi elchixonasi esa husiylarni dengizchilarni o‘g‘irlashda ayblagan. Qancha odam husiylar qo‘lida ekani hozircha noma’lum.

Husiylar kemaga hujum qilinishiga sabab sifatida uning Isroilga yo‘l olganini ko‘rsatishgan. Joriy hafta boshida ular yana bir kema Magic Seas'ni ham cho‘ktirgan edi, ammo uning ekipaji qutqarilgandi.

Kiritildi: 13:55 10.07.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!