Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yamal: «Ispaniyada irqchilikka ming marta duch kelganman»

Yamal: «Ispaniyada irqchilikka ming marta duch kelganman»

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Ispaniyada ko‘p bor irqchilik holatlariga duch kelganini aytdi.

«Ha, ming marta. Odamlar ba’zan sizga nisbatan bilvosita irqchilik qiladi va hatto o‘zlari ham buni anglamaydi. Irqchilikka oid ko‘plab izohlar, qarashlar va vaziyatlar bo‘ladi, ammo odamlar buni tushunmaydi.

Men shunday muhitda ulg‘ayganmanki, buni oddiy holat deb bo‘lmaydi, chunki noto‘g‘ri narsani normal deb qabul qilib bo‘lmaydi. Ammo shu bilan birga, bu narsalar meni qattiq bezovta qilmaydi.

Masalan, «Bernabeu»da men va Rafinyaga turli gaplar baqirilgan mashhur video bor. Odamlar mening reaksiyamdan hayron qolishgandi. Axir kimdir meni qora tanli deb atasa, bu meni umuman xafa qilmaydi. Men qora tanliman, boshqa rangda emasman.

Boshqa masala — bu so‘zning qanday ma’noda aytilayotgani. Agar u kamsitish maqsadida aytilsa, bu noto‘g‘ri. Ammo men futbol o‘ynayotganda, meni tomosha qilish uchun chipta sotib olib, keyin menga hurmatsizlik qilgan odam tufayli jahlim chiqishiga yo‘l qo‘ymayman», — deya Yamalning so‘zlarini Mundo Deportivo keltirdi.

19 yoshli ispaniyalik futbolchi 2024 yil 26 oktyabrda «Real»ga qarshi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkazilgan uchrashuvdagi voqeani ham esladi. O‘sha bahsda Yamal va Rafinya golni nishonlayotgan paytda tribunalardan irqchilik va ksenofobiya mazmunidagi haqoratli hayqiriqlar eshitilgan edi.

Kiritildi: 14:18 18.09.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!