Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yamal "Barselona"da yangi rolga ega bo‘ladi

Yamal "Barselona"da yangi rolga ega bo‘ladi

Lamin Yamal ta’tildan zavq olmoqda, ammo mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishiga oz qoldi. Tez orada iste’dodli vinger "Barselona" bilan 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Yamal yangi mavsumda yangi rolga ega bo‘ladi. Futbolchi "Barselona"ning jarima zarbalari va penaltilarni amalga oshiradigan futbolchilari qatoriga kiradi.

Avvalroq matbuotda Yamal Ansu Fati ketganidan keyin 10-raqamni egallashi haqida xabar berilgandi. Ayni damda 13 iyul kuni voyaga yetgan futbolchi 19-raqam ostida to‘p tepmoqda.

Kiritildi: 17:05 29.06.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!