Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Yamal 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi

Yamal 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi

Lamin Yamal jarohati sabab 3-4 haftaga safdan chiqdi.

«Barselona» vingeri «Leganes»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida (0:1) Ivan Neuning zarbasidan so‘ng jarohat oldi, biroq 75-daqiqagacha maydonda qoldi.

Kataloniya klubi tekshiruv natijalarini ma’lum qildi, unda Lamin Yamalning to‘piq ligamentlari shikastlangani aniqlandi.

Jamoa qanot hujumchisi 3-4 haftani o‘tkazib yuboradi. Shu bois ispaniyalik futbolchi 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Atletiko Madrid»ga qarshi La Liga o‘yinida maydonga tushmaydi.

Joriy mavsumda Yamal La Liganing 16 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:43 16.12.2024. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!