Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yakka namoz o‘qiganda jahriy o‘qiladimi yoki maxfiymi?

A A A
Yakka namoz o‘qiganda jahriy o‘qiladimi yoki maxfiymi?

- Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, bomdod, shom hamda xufton namozlarining farzlarini yakka tartibda o‘qiyotganda qiroatni jahriy qilish afzalmi yoki maxfiy? Suralarni teskari tartibda (misol uchun "Falaq" surasidan keyin "Ixlos" surasini) qilib o‘qisa bo‘ladimi?

- Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakotuh.

Mazkur namozlarni yakka o‘qigan kishi ixtiyorli. Xohlasa jahriy o‘qiydi, xohlasa maxfiy. Namoz asnosida boshqa kishi qo‘shilishi ehtimoli bo‘lsa, jahriy o‘qigani afzal.

Suralarni oldindan orqaga tartib bilan o‘qish odob sanaladi.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

Kiritildi: 08:50 17.07.2020. O'qildi: 9736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!