Tinchlik uchun Nobel mukofoti Xirosima va Nagasaki atom bombalari qurbonlari tomonidan asos solingan Nihon Hidankyo tashkilotiga berildi.
Bayonotda aytilishicha, mukofot Nihon Hidankyo tashkilotiga “yadroviy quroldan holi dunyoga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va yadroviy qurol boshqa hech qachon foydalanilmasligi kerakligini ko‘rsatuvchi dalillari uchun" taqdim etilgan.
Xirosima va Nagasakining atom bombalaridan jabr ko‘rganlar tomonidan tashkil etilgan
Nihon Hidankyo tashkiloti a’zolari ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish va yadrosiz jahon uchun kurashib keladilar.