Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Yadroviy kelishuv yaqinlashmoqda: Tramp muzokaralar haqida nimani ochiqladi

Yadroviy kelishuv yaqinlashmoqda: Tramp muzokaralar haqida nimani ochiqladi

Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda sezilarli muvaffaqiyatga erishilganini ma’lum qildi.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muzokaralarda muhim yutuqlarga erishildi. Ko‘ramiz nima bo‘ladi. Menimcha, Erondan yaxshi xabar eshitishimiz mumkin. Ertaga nima bo‘lishini ayta olmayman, lekin muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Men portlashlar bo‘lmasligi va odamlar o‘lmasligi uchun shunday bo‘lishini judayam xohlardim", — dedi AQSh prezidenti.

Bundan tashqari, Tramp G‘azodagi vaziyatga izoh berdi. AQSh prezidenti Vashington ham, Isroil ham HAMAS vakillari bilan bevosita aloqada ekanini aytdi.

"Biz buni imkon qadar tezroq to‘xtatishga erishishimiz zarur", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 18:03 26.05.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!