Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xushxabar! O‘zbekistonda 4 oy o‘tib Facebook va YouTube VPN'siz ishlay boshladi

Xushxabar! O‘zbekistonda 4 oy o‘tib Facebook va YouTube VPN'siz ishlay boshladi

O‘zbekistonda 128 kundan buyon Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube xalqaro videoportaliga kirish cheklab qo‘yilgan edi. Ko‘pchilik undan foydalanish uchun telefon va kompteri va boshqa qurilmalariga VPN dasturini sozlagan holda foydalanib kelayotgan edi. Hatto, O‘zbekistondagi ko‘plab mansabdorlar, Hukumat a’zolari ham VPN orqali Facebook ga ulanishayotgandi.

Bugun, 15 yanvarni O‘zbekiston boshqacha qarshiladi. Aynan bugundan e’tiboran 4 oydan oshiq vaqt davom etgan taqiqlarga nuqta qo‘yilib, mamlakatda YouTube va Facebook VPN dasturisiz ham ishlay boshladi, deb xabar bermoqda Qalampir nashri.

Ayni vaqtda Facebook ga hech qanday cheklovsiz kira olayotganlar ijtimoiy tarmoqda o‘z mulohazalarini yozib qoldirib, quvonchlarini bo‘lishmoqda.

Shu o‘rinda statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratsak: 2004 yilda Mark Sukerberg tomonidan asos solingan Facebook ijtimoiy tarmog‘idan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida 2 milliarddan ortiq kishi foydalanib keladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yil oxirlarida QALAMPIR.UZ internet nashrida VPN O‘zbekistonda davlat xavfsizligi uchun yangi xavf! Uni hatto Hukumatdagilar ishlatyapti nomli maqola e’lon qilingan edi. Unda buyon Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube xalqaro videoportaliga xavf deb qaralib, uni cheklab qo‘yish ortidan, VPN ga yo‘liqqanimiz, bu esa undanda katta xavflarni boshlab kelishi haqida so‘z yuritilgan edi.

Unda shunday deyilgan:

Maxatma Gandining shunday so‘zlari bor:

Agar oynani yopib qo‘ysam, havo kirmaydi. Oynani ochsam, havo bilan birgalikda zararli bakteriyalar ham kirishi mumkin. Lekin havodan mosuvo qolmaslik uchun, oynani ochishga majburman .

Bugungi davrda yuqoridagi oyna so‘zi o‘rnida, internet, YouTube va Facebook so‘zlarini bemalol qo‘llash mumkin. Biz ulardan keladigan xavfdan qo‘rqyapmizmi? Tamom! VPN bilan yangi xavfga yo‘l ochmaylik, uni Hukumat darajasida targ‘ib ham qilmaylik. O‘rniga o‘zimiznikini yarataylik, ammo o‘zimiznikini yaratish uchun ham avval internetni uchirib qo‘yish kerak!

Kiritildi: 12:43 15.01.2019. O'qildi: 2449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!