Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holat sabab "Neftchi" xodimlarining ishi O‘FA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi

Xujjatlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq holat sabab "Neftchi" xodimlarining ishi O‘FA qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi

Joriy mavsum uchun qishki transfer oynasi 25 fevral kuni o‘z yakuniga yetgandi. Transferning so‘nggi kunida "Neftchi" klubi 4 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lib, keyinchalik aniqlanishicha, undagi ayrim hujjatlar soxtalashtirilgan bo‘lgan.

Liga mutaxassislarini "Neftchi" klubiga "Sementchi" jamoasidan kelib qo‘shilgan futbolchilarga tegishli ayrim hujjatlar shubhalantirgan. Keyinchalik mazkur masalada o‘rganishlar olib borildi va ayrim jihatlar qayta tekshirib chiqildi. Shundan so‘ng Liga Assosiasiyaning maxsus inspeksiyasiga murojaat qilib, mazkur ishni to‘liq o‘rganib chiqishni so‘radi.

O‘tgan davr davomida maxsus inspeksiya to‘plangan barcha ma’lumotlarni o‘rganib, "Neftchi" va "Sementchi" vakillari bilan suhbatlar o‘tkazdi hamda masalaga oydinlik kiritdi. "Sementchi" tarkibida ro‘yxatdan o‘tgan 4 futbolchining shartnomasi yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, ayni vaqtda "Neftchi" klubida faoliyat olib borayotgan xodimlar 25 fevral kuni Ligaga yuklanishi lozim bo‘lgan hujjatlarni soxtalashtirgan.

Reglamentning buzilishi holatlari aniqlanganidan kelib chiqib, aybdor shaxslar va klubga nisbatan sanksiya qo‘llash uchun ushbu ish O‘FA tegishli qo‘mitasiga oshirildi. Qo‘mita qaror qabul qilgach, bu haqda batafsil ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 18:20 03.07.2025. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!