Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

A A A
Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

Bu yil 8 mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga to‘g‘ri keladi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.

Shunga ko‘ra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

8 mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
9 mart, yakshanba – dam olish kuni;
10 mart, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni.

Qonunchilikka ko‘ra, dam olish kunlaridan va ishlanmaydigan bayram kunlaridan xodimlarning oqilona foydalanishi maqsadida dam olish kunlari Prezident Farmoni bilan boshqa kunlarga ko‘chirilishi mumkin.

Kiritildi: 14:06 25.01.2025. O'qildi: 2233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!