Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari belgilandi

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari belgilandi

"Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarori (486-son, 14.08.2020 y.) qabul qilindi. 

📋 Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

✅ Unga ko‘ra, xotin-qizlar kengashlari o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.

📌 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish xotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalaridan biridir.

♻️ Xotin-qizlar kengashlari tuman (shahar)larda 15-25 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 30-40 nafar a’zodan iborat bo‘ladi. 

💼 Xotin-qizlar kengashlarining tarkibi har uch yilda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining (vazirlik) tegishli hududiy bo‘linmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.

✅ Vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida xotin-qizlar kengashlariga raislik qiladi.

❕Xotin-qizlar kengashlarining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega. 

Eslatib o‘tamiz, xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari Prezidentning PF–5938-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Kiritildi: 19:05 14.08.2020. O'qildi: 2589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!