Xorvatiyaning Zadar shahri yaqinida Chexiya Respublikasidan uchayotgan yengil samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Xorvatiya polisiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Radardan g‘oyib bo‘lgan kichik samolyotni qidirish ishlari taxminan soat 22:00 da (22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00) yakunlandi. Xorvatiya tog‘-qutqaruv xizmati xodimlari samolyotni va ikki kishining jasadini topdilar", deb ta’kidladi polisiya.
Samolyotning qoldiqlari Zadardan 60 km uzoqlikdagi Paklenisa milliy bog‘i tog‘larida topildi.