Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish to‘g‘risidagi xukumat qarori qabul qilindi

A A A
Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish to‘g‘risidagi xukumat qarori qabul qilindi

«Xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olishiga ko‘maklashish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berilmoqda.

Fuqarolarning xorijiy diniy ta’lim muassasalariga hujjatlar topshirishi, ta’lim olishi va ta’lim muassasalarini tugatganidan keyin ish bilan ta’minlashi yuzasidan tavsiyalar berish va murojattlarni ko‘rib chiqish Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek qarorga muvofiq tavsiya etiladigan xorijiy diniy ta’lim muassasalarining ro‘yxati har yili 1 yanvargacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash amaliyoti joriy etildi.

Endilikda xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita endilikda xorijiy diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar bilan doimiy hamkorlik olib boradi va ularga har tomonlama ko‘maklashadi.

Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan Madina Islom universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashgani hamda doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergan edik.

Qarorning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi Lex.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Manba: azo.uz

Kiritildi: 19:01 15.08.2018. O'qildi: 1535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!