Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

«Xorijda ishlash uchun shoshma-shoshar qaror qabul qilmang!» — Migrasiya agentligi

«Xorijda ishlash uchun shoshma-shoshar qaror qabul qilmang!» — Migrasiya agentligi

Agentlik xorijda ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolarga qaror qabul qilishda shoshilmaslik va faqat ishonchli manbalarga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.

Migrasiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, ayrim blogerlar yolg‘on reklama orqali fuqarolarni lisenziyasiz firmalarga ishonishga undamoqda. Bu esa ularning moliyaviy va huquqiy muammolarga duch kelish xavfini oshiradi.

Agentlik bunday holatlarni qoralab, inflyuyenserlar va blogerlarni jamoatchilik oldida mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi. Xorijda xavfsiz ishlash uchun fuqarolarga faqat lisenziyaga ega xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilish, shartnomalarni diqqat bilan o‘qish tavsiya etildi. Lisenziyaga ega agentliklar ro‘yxati rasmiy portal va agentlik saytida joylashgan.

Shuningdek, ishga joylashish bo‘yicha ishonchli e’lonlar faqat Migrasiya agentligining «Xorijda ish» telegram kanali hamda lisenziyaga ega agentliklar kanallarida e’lon qilinadi.

Agentlik fuqarolardan mazkur ogohlantirishni yaqinlari va tanishlariga yetkazishni, xorijda ishlash masalasida esa har doim rasmiy va tekshirilgan manbalarga tayanishni so‘radi.

Kiritildi: 18:22 08.08.2025. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!