Prezidentga qilingan taqdimotda qayd etilishicha, raqamli tahlil va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanib, “aqlli” nazorat tizimini joriy etish orqali joriy yilda byudjetga qo‘shimcha 30 trillion so‘m tushumni ta’minlash zarur.
Bu quyidagi mexanizmlardan foydalanish hisobiga ta’minlanishi rejalashtirilmoqda (https://president.uz/uz/lists/view/9075):
⁃ savdo va xizmatlar, sanoat, qurilish, umumiy ovqatlanish hamda boshqa sohalarda P2P-operasiyalar monitoringi;
⁃ tovarlarni markirovkalash;
⁃ raqamli nazoratni kuchaytirish;
⁃ yuklarni hujjatsiz tashishni avtomatik aniqlash;
⁃ norasmiy bandlikni rasmiylashtirish va boshqalar.