Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Xorijda ishlab chiqargan tovarlar uchun ham iste’mol krediti ajratishga ruxsat beriladi

A A A
Xorijda ishlab chiqargan tovarlar uchun ham iste’mol krediti ajratishga ruxsat beriladi

Senatorlar “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonunni ma’qulladi.

So‘nggi yillarda fuqarolarning iste’mol kreditlariga bo‘lgan talabi ortib borishi, shuningdek, mahsulot yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining kengayib borayotgani moliyaviy iste’mol kredit ajratilish yuzasidan amaldagi Qonunga o‘zgartirish kiritishni taqazo etmoqda.

Shu kabi omillar inobatga olingan holda Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan tovarlar (xizmatlar) uchun ham iste’mol krediti ajratishga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan tovarlar (xizmatlar), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga tashqaridan keltirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, Qonun bilan iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish to‘g‘risida iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki realizasiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda.

Qonunning qabul qilinishi aholi iste’mol kreditlarini rasmiylashtirishda yengiliklar yaratilishiga, mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining kengayishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

Kiritildi: 20:46 02.03.2023. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!