Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda yana 7 nafar bemor koronavirusni yengdi

Xorazmda yana 7 nafar bemor koronavirusni yengdi

Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 7 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 2 nafardan bemor Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridan, 1 nafardan esa Farg‘ona, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yosh.

Xorazm viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 138 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 145 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 37 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1308 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:27 03.05.2020. O'qildi: 2444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!