2021 yilning 10 iyun kuni internetdagi Kun.uz elektron nashrida “Yangibozorda voyaga yetmagan qizning nomusiga tegilgan. Tergov 6 oydan beri tugatilmayapti” nomli sarlavha ostida e’lon qilingan maqola Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va maqolada qayd etilgan holatlar yuzasidan quyidagilarni keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda Yangibozor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan 2021 yil 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi yuzasidan hozirgi kunga qadar dastlabki tergovning davom etayotganligiga, ishning murakkabligi va dolzarbligi bois holatga aniqlik kiritish maqsadida, bir qancha tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tergov zarurati tug‘ilayotganligi, tergov jarayonida bir qancha shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ko‘zda tutilganligi, ish yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinishi (shaxsning ayblilik yoki aybsizlik masalasini hal qilish) hamda tergovni har tomonlama, to‘la va xolisona o‘tkazilishini ta’minlash zarurati sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, jabrlanuvchiga nisbatan o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosalaridagi holatlarga ham huquqiy baho berish maqsadida, tergov organi tomonidan tegishli tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish jiozki, mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov davomida belgilangan muddatlarda qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati