Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda tanishining o‘g‘lini arzimagan pulga sotmoqchi bo‘lgan hamshira qo‘lga olindi

Xorazmda tanishining o‘g‘lini arzimagan pulga sotmoqchi bo‘lgan hamshira qo‘lga olindi

2019 yil 6 fevral kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Urganch tumani Bekobod qishlog‘i Qo‘ng‘irot mahallasida yashovchi, Xorazm viloyati perinatal markazi hamshirasi N.YU. (ismli ayol) Yangi Urganch ko‘chasida, tanishi SH.V. (ismli ayol)ning shu yil 21 yanvarda tug‘ilgan o‘g‘lini L.B. (ismli ayol)ga 1 700 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:48 10.02.2019. O'qildi: 2004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!