Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda paydo bo‘lgan noma’lum yirtqich haqida tuman IIB matbuot xizmati izoh berdi

Xorazmda paydo bo‘lgan noma’lum yirtqich haqida tuman IIB matbuot xizmati izoh berdi

Internet nashrlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xorazmning Shovot tumanida joylashgan Beruniy qishlog‘ida noma’lum yirtqich hayvon paydo bo‘lgan. Beruniy qishlog‘ida yashovchi mahalla vakilining aytishicha, noma’lum yirtqich tomonidan o‘tgan haftada yigirmata qo‘y o‘ldirib ketilgan. Turkmaniston bilan chegaradosh bo‘lgan bu hududga shu paytgacha hech qanday yirtqich hayvoni chorvachilikka hujum qilmagan.

Qishloq aholisi uydan chiqib ketishga qo‘rqishmoqda , deb yozmoqda aniq.uz news.org xabariga tayanib. Qishloqda yashovchi fuqaro mahalla fuqarolari yig‘ini raisi va milisiya bo‘limidagilar yirtqichlarga qarshi chora ko‘rishlarini so‘rab, tuman hokimligiga murojaat qilishganligi, biroq bu bo‘yicha hech qanday chora ko‘rilmaganligini aytgan.

- Hech kim bizning shikoyatlarimizni eshitishni xohlamayapti. So‘nggi paytda bizning ovchilarimiz mol-qo‘ylarimizga hujum qiladigan bir hayvonni otishdi. U bu bo‘ri yoki it emasdi. Hayvonning tishlari butunlay boshqacha edi. Ular qo‘y va qoramollarga hujum qilishmoqda. Biz milisiya va hokimiyatga xabar berdik, ammo natijalar yo‘q, - deya ma’lum qilgan Quvondik ismli fuqaro.

Biz Shovot tumani hokimligida faoliyat yurituvchi xodim bilan bog‘lanib, holat yuzasidan izoh so‘raganimizda, bizga holat bo‘yicha tuman IIB ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda chora ko‘rilayotganligini, izoh olish uchun tuman IIB xodimlari bilan bog‘lanishimizni aytdi.

Tuman IIB matbuot xizmati xodimi bilan bog‘lanilganda, bizga bu bo‘yicha ma’lumotni bizdan eshitayotganliklari, ungacha bu haqda hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaganliklari, shuningdek, tuman IIB ga Beruniy qishlog‘ida yashovchi aholi tomonidan hech qanday shikoyat kelib tushmaganligi, zudlik surishtiruv o‘tkazilib, bir ozdan so‘ng aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumot yetkazishlari ni aytdi.

Telefon orqali bo‘lgan ushbu muloqotga hech qancha vaqt o‘tmay, tuman IIB matbuot bo‘limi xizmati xodimi qayta qo‘ng‘iroq qilib, o‘rganilgan holatlar yuzasidan shunday ma’lumot berdi:

Ma’lum bo‘lishicha, tuman rahbariyati ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar bo‘yicha kecha Beruniy qishlog‘iga borib vaziyatni o‘rgangan. Aniqlangan holatlarga ko‘ra, Hech kim bizning shikoyatlarimizni eshitishni xohlamayapti. Holat yuzasidan internet nashrlariga ma’lumot bergan shaxs fuqarolar orasidan topilmagan.

Shuningdek, xabarda ilova qilingan 20 ta qo‘y o‘lib yotgan holatdagi fotosurati internetning qaysidir saytidan olinib xabarga ilova qilingan bo‘lishi mumkin. Ammo bu surat qishloqdan olinmagan va tarqalgan xabarga tegishli emas. Beruniy qishlog‘i fuqarolari tomonidan tuman hokimligiga ham tuman IIB bo‘limiga ham hech qanday shikoyat kelib tushmagan.

Faqat qishloqqa itning bo‘ri bilan chatishgan nusxasi deymizmi, shunaqa hayvon kelganida uni qishloq fuqarolari tutib o‘ldirishgan. Lekin o‘sha hayvon biron bir qishloq fuqarosining 20 ta qo‘yini yeb ketmagan. Bu shunchaki 21 axborot asrida tarqalgan feyk xabar. Qishloq aholisi hech qanday vahimada emas va bunga asos ham yo‘q deya ta’kidladi tuman IIB axborot xizmati xodimi.

Kiritildi: 12:35 26.03.2019. O'qildi: 10232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!