Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Xorazmda korxona foydasiga 4,1 mlrd. so‘m mablag‘ undirib berildi

Xorazmda korxona foydasiga 4,1 mlrd. so‘m mablag‘ undirib berildi

Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “X.I.X.” MCHJdan undiruvchi “D.I.” MCHJ foydasiga 4,0 mlrd. so‘m asosiy qarz va 103,5 mln. so‘m foiz summasi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, qarzdor mazkur qarzni to‘lashligi yuzasidan ogohlantirilgan va 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “X.I.X.” MCHJning hisob raqamiga band solinib, inkasso topshiriqnomasi yuborilgan.

Shundan so‘ng, qazdor jamiyatdan ijro hujjatida belgilangan qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda tamomlandi.

Kiritildi: 12:03 21.05.2025. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!