Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi

Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi


Xorazm viloyatining Urganch tumanida kiyim-kechak savdo do‘konlari yonib ketdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.


FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 7 noyabr kuni soat 12:53 da Urganch tumani, «Shermatlar» MFY, Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va 13:50 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 15:14 07.11.2024. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!