Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda ichki ishlar xodimlari qimorbozlarni kaltaklagani rostmi?

Xorazmda ichki ishlar xodimlari qimorbozlarni kaltaklagani rostmi?

Xorazm viloyati Shovot tumani «Royat» mahallasida yashovchi fuqaro uyida qimorxona tashkil etgan. Uning uyiga esa qimor o‘ynalayotgan vaqtda ichki ishlar xodimlari bostirib kirgani va u yerdagilarni kaltaklagani aytilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu yil 25 avgust kuni soat 23:00da sodir bo‘lgan. O‘sha kuni xodimlar kelib, qimor o‘ynayotganlarnii qo‘lga olgan. 28 avgustda esa xonadon egasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Shundan so‘ng o‘sha uyda bo‘lgan fuqaro tergov davomida ichki ishlar xodimlari ularni kaltaklaganini aytib,videomurojaat yo‘llagan. Shuningdek, fuqaro ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasiga ham murojaat qilgan. Prokuratura esa qimor o‘ynaganlardan tushintirish xati olib, ularning badanida jarohat izlari bor yoki yo‘qligini bilish maqsadida sud tibbiy ekspertizadan o‘tkazgan.

Shu bilan birga, xodimlarning xatti-harakatini bilish uchun viloyat IIBga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari borilmoqda. U viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: 10:01 05.09.2020. O'qildi: 2168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!