Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Tuproqqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Xazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ham o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m olganlik holati hujjatlashtirildi.

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:10 28.06.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!