Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda fermerlarni haqorat qilgan hokimga qanday jazo berildi?

Xorazmda fermerlarni haqorat qilgan hokimga qanday jazo berildi?

2020 yil 31 yanvar kuni Yangiariq tuman sudi tomonidan fermerlarni haqorat qilgan hokimga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Yangiariq tuman ma’muriy sudi raisi B.Rajabov "ANIQ.UZ"ga ma’lum qildi.

Ish holatlariga ko‘ra, Yangiariq tuman hokimligi binosida 2020 yil 15 yanvar kuni qishloq xo‘jaligiga oid masalalar bo‘yicha tumandagi hudud va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda, tuman hokimi M.Saidov fermer xo‘jaligi yer maydonlarida kuzgi shudgor ishlari to‘liq bajarmaganligi uchun fermerlarni haqorat qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha  o‘tkazilgan sud majlisida tuman hokimi M.Saidov qilmishiga iqrorlik bildirib, mazkur holat boshqa takrorlanmasligini bildirdi.

Yangiariq tuman ma’muriy sudi tomonidan M.Saidov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi bilan (haqorat qilish) aybli deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida ya’ni 4.460.000  so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

 

Kiritildi: 14:57 05.02.2020. O'qildi: 2648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!