Fermerga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Gurlan tumanida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan, biologik sog‘lom 81 tup turong‘il daraxti noqonuniy kesilgan va tabiatga 618,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbariga Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda bo‘yicha javobgarlik BHM 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.