Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xorazmda dori vositalarini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Xorazmda dori vositalarini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.D.” MCHJga qarashli dorixona mudiri G‘.E. o‘zining moddiy javobgarligidagi umumiy bahosi 107,3 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi va boshqa turdagi dori vositalarini naqd pulga sotib yuborib, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!