Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini harbiy yo‘l bilan ocha olmaydi

AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini harbiy yo‘l bilan ocha olmaydi

Eron TIV rahbari Abbos Aroqchi Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan "Ozodlik loyihasi"ni (Project Freedom) keskin tanqid qildi. Mazkur loyiha doirasida AQSh harbiy kemalari bo‘g‘ozda qolib ketgan suv transportlarini kuzatib o‘tishga harakat qilmoqda.

"Ozodlik loyihasi — bu "Boshi berk ko‘cha loyihasidir", — deb yozdi Eron tashqi ishlar vaziri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar "Pokistonning katta hissasi tufayli" davom etmoqda, biroq AQSh va BAA "yana botqoqqa botib qolmaslik uchun ehtiyot bo‘lishlari" kerak.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari va Eron o‘rtasida sulh tuzilganidan bir oy o‘tib, Tehron zarbalarni qayta tiklaganini ma’lum qilgan edi.

BAA Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron mamlakat yo‘nalishida 12 ta ballistik raketa, uchta qanotli raketa va to‘rtta dron uchirgan. Bu holat Tramp "Ozodlik loyihasi" boshlanganini e’lon qilganidan so‘ng yuz berdi. Tehron ushbu tashabbusni 8 apreldan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishi deb baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!