Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xorazmda 2 dona qadimiy bilakuzukni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi

A A A
Xorazmda 2 dona qadimiy bilakuzukni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi

“Shovot” chegara bojxona posti orqali “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilakuzuklarni qo‘l yuki orasida olib chiqishga uringan. Bu haqda Xorazm bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

San’atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, nikel, mis, kalay va kumush aralashmasidan qo‘ldan ishlangan ushbu bilakuzuklar XX asr boshlariga mansub bo‘lib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.

JIB Shovot tuman sudining qaroriga asosan, ushbu qadimiy ashyolar davlat egaligiga o‘tkazilib, Xiva “Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni respublika hududidan olib chiqish mumkin emas.

Kiritildi: 10:31 10.11.2023. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!