O‘razbayev Ruslan Xajibayevich xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
R.O‘razbayev 1979 yili tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.