Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Xorazm viloyatida ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari fosh etildi

Xorazm viloyatida ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan mablag‘larni o‘zlashtirish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch, Qo‘shko‘pir, Xiva, Xonqa va Gurlan tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “X.S.T.” AJning ushbu tumanlar filiali mas’ul shaxslari iste’molchilar tomonidan ichimlik suvi uchun to‘lov qilingan jami 380 mln so‘m mablag‘larini bank hisob raqamlariga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:15 05.11.2024. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!