Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodagi yo‘llar ahvolidan sayyohlar norozi - prezident

Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryodagi yo‘llar ahvolidan sayyohlar norozi - prezident

Chorshanba kuni hududlarning turizm salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari ko‘plab hokimlar turizm qanchalik muhim yo‘nalish ekanini hanuzgacha tushunib yetmayotganini aytdi.

"Sayyohlik mavsumi boshlanganiga bir oydan oshganiga qaramay, kapsulali mehmonxonalar faqat Kitobda ochilgan. Shu bilan birga, qolgan 35 ta tuman va shahar hokimlari "uxlab yotibdi," - dedi prezident.

Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, kapsulali mehmonxonalarni qurish va jihozlash uchun Turizm jamg‘armasidan 10 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo orqali o‘tuvchi magistral va ichki yo‘llar holatidan sayyohlar noroziligini bildirdi.

Mutasaddilarga "turizm halqasi"ga kiruvchi yo‘llarni hisob-kitob qilib, ta’mirlashga kirishish topshirildi.

Kiritildi: 17:17 09.04.2025. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!