Ukraina prezidenti o‘zining Telegram-kanalida Rossiya armiyasi Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan “Pasxa sulhini”ni bir sutkada 2 ming martadan ortiq buzganini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Pasxa kuni Rossiya Ukrainadagi infratuzilma ob’ektlariga havodan zarba bermagan.
"Demak, bu — erishish imkoni bor va davom ettirilishi eng oson bo‘lgan sulh formati. Ukraina uzoq masofali dronlar va raketalar bilan fuqarolik infratuzilmasiga har qanday hujumlardan kamida 30 kun davomida voz kechishni taklif qiladi, bu keyinchalik yana uzaytirilishi mumkin", — deya ta’kidladi Zelenskiy.
Uning aytishicha, agar Rossiya ushbu taklifga rozi bo‘lmasa, bu uni urushni davom ettirish niyatining isboti bo‘ladi.
Ukrainadagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish g‘oyasini AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ham qo‘llab-quvvatladi. Biroq Moskva bu takliflarga hali javob bermadi.